Kran yopiq bo‘lsa ham suv tomchilaydi
Dastak yopiq, lekin gusakdan suv tomchilaydi yoki ingichka bo‘lib oqib turadi. Bir dastakli smesitelda kartrij yeyilib ketgan, ikki ventilli (burama) smesitelda — kran-buksa. Korpus butun bo‘lgani uchun shu qismni almashtirish yangi smesiteldan arzonroq tushadi. Paysalga solsangiz, tomchilar rakovinada iz qoldiradi, oylik suv sarfi esa sezilmasdan oshib boradi.





