Choynak yoki konditsioner yoqilganda avtomat o‘chib ketadi
Choynak 2 kVt tortadi, konditsioner ishga tushish paytida pasportdagi quvvatidan ancha ko‘proq oladi, ustiga muzlatgich va mikroto‘lqinli pech (mikrovolnovka) qo‘shilsa, 16 A liniya bardosh bermaydi. Avtomat o‘z vazifasini bajaryapti: kabelni himoya qilyapti. Kabel kesimini tekshirmay o‘rniga 25 A qo‘yish mumkin emas — 2,5 mm² simda bu to‘g‘ri izolyatsiya erishiga olib boradi. Odatiy yechim: oshxona rozetkalari va konditsionerni alohida guruhlarga ajratish.




